Post
🟢Bugun Urganch davlat universitetiga tashrif buyurgan Janubiy Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi, janob Von Doyeon boshchiligidagi delegatsiya sharafiga madaniy-ma’rifiy dastur tashkil etildi. Tadbir avvalida UrDU rektori v.v.b. S. Xodjaniyozov hamda janob elchi Von Doyeon soʻzga chiqib, O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi do‘stona aloqalar, ta’lim va madaniyat sohalaridagi hamkorlik aloqalarining rivojlanib borayotgani, UrDUning Koreya universitetlari bilan aloqalarini alohida ta’kidladilar.
🟢So‘ngra Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti J. Ermetova Janubiy Koreyaning Koreyashunoslik bo‘yicha SEED dasturi doirasidagi “Koreyashunoslik va koreys tili ta’limi” granti doirasida olib borilayotgan ilmiy-amaliy faoliyat bilan tanishtirdi.
➡️Tadbirning madaniy qismida esa Filologiya va tillarni o‘qitish: koreys tili yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar tomonidan ikki xalq urf-odatlari, an’analari va madaniyatini aks ettiruvchi kuy-qo‘shiqlar, raqslar hamda badiiy chiqishlar namoyish etildi. Talabalar koreys va o‘zbek madaniyati uyg‘unligini ifodalovchi sahna ko‘rinishlari orqali mehmonlarda katta taassurot qoldirishdi.
🟢Mazkur tadbir O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladigan muhim tashabbus sifatida e’tirof etildi.
14, Kh.Alimdjan str, Urgench city, 220100, Uzbekistan
+998(99) 244 05 00
korean_studies@urdu.uz
We cordially invite professors, teachers, researchers, students, and practitioners working in the field of Korean Studies, Education and Innovation from all over the world. Please, come join us! Enjoy a rich program filled with insightful presentations and cultural events!
© korean-studies.urdu.uz. All Rights Reserved. Developed by Ibadullayev