Post
Bugun, 16-may kuni Janubiy Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi janob Von Doyeon boshchiligidagi delegatsiya Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif asnosida mehmonlar bilan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Z.Sa'dullayev, UrDU rektori v.v.b. Sardor Xodjaniyazov boshchiligida universitet rahbariyati hamda Xorijiy filologiya fakulteti jamoasi ishtirokida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🟢Dastalab rektor v.v.b.S.Xodjaniyozov tomonidan mehmonlarga universitetning bugungi kundagi faoliyati, oʻquv jarayonlari, mavjud yoʻnalish va mutaxassisliklar, fakultetlar hamda oliygohning xalqaro hamkorlik aloqalari, shuningdek, Koreya oliy ta’lim muassasalari bilan amalga oshirilayotgan hamkorlik aloqalari haqida maʼlumotlar taqdim etildi.
🟢O’z navbatida elchi Von Doyeon iliq mehmondo’stlik uchun minnatdorlik izhor etib, Urganch davlat universitetining Koreya oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalariga katta qiziqish bildirdi. Kelgusida Koreya oliygohlari bilan Urganch davlat universiteti o’rtasida hamkorlikni yanada kengaytirish borasida o’z takliflarini berdi.
🟢Shuningdek, universitet rahbariyati tomonidan ham elchi Von Doyeon janoblariga qator takliflar bildirildi. Xususan, Janubiy Koreyaning TOP-500 talikka kirgan OTMlari bilan qo'shma ta'lim dasturlari tashkil etish, koreyalik filolog mutaxassislarni UrDUga jalb etish, “Koreys tili markazi”ni tashkil qilish hamda markazni koreys adabiyotlari bilan ta’minlashga ko’maklashish, hamkorlikda innovatsion loyihalarni amalga oshirish, muhandislik, texnika va IT sohalarida hamkorlik qilish taklif qilindi. Elchi tomonidan ushbu takliflar qoʻllab-quvvatlandi.
14, Kh.Alimdjan str, Urgench city, 220100, Uzbekistan
+998(99) 244 05 00
korean_studies@urdu.uz
We cordially invite professors, teachers, researchers, students, and practitioners working in the field of Korean Studies, Education and Innovation from all over the world. Please, come join us! Enjoy a rich program filled with insightful presentations and cultural events!
© korean-studies.urdu.uz. All Rights Reserved. Developed by Ibadullayev